Vengriya sayyohlik kompaniyasi O‘zbekiston bilan hamkorlikni rivojlantiradi

Vengriya sayyohlik kompaniyasi O‘zbekiston bilan hamkorlikni rivojlantiradi

O‘zbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov Vengriyaning yetakchi "1000 Roads" sayyohlik kompaniyasi direktori Oleg Yermilov bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muzokaralar chog‘ida Vengriya tomoni ikki mamlakat o‘rtasidagi, xususan, turizm sohasidagi hamkorlik dinamikasi ortib borayotganini yuqori baholadi.

Suhbatdosh Vengriya O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatiga katta qiziqish bildirayotganini ta’kidladi.

"Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent kabi shaharlardagi respublikaning boy madaniy-tarixiy merosi bilan yaqindan tanishish istagida bo‘lgan vengerlar soni ortib bormoqda", dedi u.

Tomonlar, shuningdek, O‘zbekistonga tashrif buyurishni xohlovchi vengriyalik sayyohlar sonini ko‘paytirishga yordam beradigan bir qator qo‘shma tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha istiqboldagi rejalarni ham muhokama qildilar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!