Velosportchilarimiz Osiyo chempionatini 6 ta medal bilan yakunlashdi

Velosportchilarimiz Osiyo chempionatini 6 ta medal bilan yakunlashdi

Hindiston poytaxti Nyu-Deli shahrida olti kun davom etgan velosportning trek yo‘nalishi bo‘yicha kattalar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati yakunlandi.

Musobaqada O‘zbekiston kattalar va yoshlar terma jamoalari jami 17 nafar sportchi bilan ishtirok etdi. Sportchilarimiz Osiyo birinchiligini umumiy 6 ta medal bilan yakunlashdi.

Sovrindorlar bilan tanishing:

Kattalar:

Kumush: Nikita Svetkov (Chiqarib yuborish)

Kumush: Margarita Misyurina (Ochko to‘plash)

Kumush: Olga Zabelinskaya/Nafosat Koziyeva (Medison).

Yoshlar:

Kumush va bronza: Alimardon Jamoldinov (Omnium va ochko to‘plash dasturlarida)

Bronza: Samira Ismoilova (Omnium).

Quvonarlisi, ayollar o‘rtasidagi medison guruh poygasida kumush medalni qo‘lga kiritgan Zabelinskaya hamda Koziyeva juftligi delegasiyamizga Parij-2024 Olimpiya lisenziyasi yo‘lida 1080 reyting ochkosini taqdim etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!