O‘zbekistonlik suzuvchi Filippindagi musobaqada 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik suzuvchi Filippindagi musobaqada 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi

Filippinda suv sporti turlari bo‘yicha yosh guruhlari o‘rtasida 11-Osiyo chempionati o‘tkazilmoqda. Musobaqaning ilk kunida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Mixail Kleshko “A” guruhida (2005-yil va undan kattalar) bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Hamyurtimiz 50 metrga chalqancha usulda suzish dasturida 26.18 soniya natija qayd etdi. Bu final ishtirokchilari orasida uchinchi natija bo‘ldi va Kleshko delegasiyamizga ilk medalni taqdim qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!