O‘zbekistonlik sportchi oltin medalga sazovor bo‘ldi

O‘zbekistonlik sportchi oltin medalga sazovor bo‘ldi

Vengriyada sport kurashlari bo‘yicha xalqaro reyting turnirining yana bir kuni ortda qoldi. Quvonarlisi, unda O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Razambek Jamalov oltin medalga sazovor bo‘ldi.

-74 kg vazn toifasida kurashgan yurtdoshimiz dastlabki davrada Venesuela, chorak finalda Gruziya, yarim finalda Eron va finalda Vengriya vakillarini mag‘lub etishga erishdi. Afsuski, qolgan ishtirokchilarimizga shohsupa yo‘lida biroz omad yetishmadi.

Bugungi bahslarda hamyurtlarimizdan Feruza Esenbayeva gilamga chiqadi. -68 kg vazn toifasida kurashadigan atletimiz ilk bosqichda turkiyalik Buse Chavasogluga qarshi bahs olib boradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!