O‘zbekistonlik karatechi WKF bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi

O‘zbekistonlik karatechi WKF bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi

O‘zbekistonlik karatechi Doston Otabolayev tarixda ilk bor WKF bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar bermoqda.
Hozir BAAning Dubay shahrida karate WKF bo‘yicha kattalar o‘rtasida navbatdagi jahon chempionati bahslari bo‘lib o‘tmoqda.
Finalda milliy terma jamoa a’zosi Doston Otabolayev (-75 kg) misrlik Abdulla Abdulaziz ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi va O‘zbekistonga tarixiy oltin medalni taqdim etdi.
JChda O‘zbekiston vakillar yana 4ta bronza medalini qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!