O‘zbekistonga olib kelinayotgan dorilar ko‘ngilxo‘shlik uchun ishlatilyaptimi?

O‘zbekistonga olib kelinayotgan dorilar ko‘ngilxo‘shlik uchun ishlatilyaptimi?

Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi tropikamid moddasi bo‘lgan ushbu dori vositasidan asosan yoshlar ko‘ngilxushlik maqsadida foydalanilmoqda. 

Mutaxassislar fikriga ko‘ra, “Tropikamid”ni surunkali iste’mol qilish sanoqli haftalar ichida doriga qutulish qiyin bo‘lgan ruhiy qaramlikni keltirib chiqaradi. Xotira juda tez sustlashadi. Kayfiyat juda tushkun bo‘lib qoladi, bemorlar ilojsizlik hissidan aziyat cheka boshlaydi.

Ma’lumki, 2019 yil 27 sentyabrdaO‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar muomalasini tartibga solish to‘g‘risida”gi ”818-son qarori qabul qilingan edi. Mazkur qaror bilan kuchli ta’sir qiluvchi moddalar ro‘yxati tasdiqlandi.

Ushbu ro‘yxatda Tropikamid nomli dori vositasi ham kiritilgan bo‘lib, chakana realizasiya (sotish) faqat giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalarni saqlash va sotish faoliyati uchun lisenziyaga ega bo‘lgan dorixonalar va ijtimoiy dorixonalar orqali amalga oshirilishi belgilandi.

Shunday bo‘lsada, ushbu dori vositasiga bugun “qora bozor”da talab kundan kun oshib bormoqda.

Birgina Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan respublika xududiga noqonuniy ravishda olib kirilayotgan kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini qonunga xilof muomalasiga chek qo‘yish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar davomida o‘tgan davr mobaynida 14318 dona “Tropikamid”ning noqonuniy muomalasiga chek qo‘yildi.

Bojxona qo‘mitasi Axborot xizmati xabariga ko‘ra, barcha holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov organiga yuborildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!