O‘zbekistonga 2018 yilda qaysi davlat rahbarlari tashrif buyurdi?

O‘zbekistonga 2018 yilda qaysi davlat rahbarlari tashrif buyurdi?

2018 yilda quyidagi davlat rahbarlari O‘zbekistonga tashrif buyurishdi:

21 mart 21 mart Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboyev O‘zbekiston xalqini Navro‘z bilan tabriklash maqsadida Samarqand shahriga tashrif buyurdi;

23-24 aprel Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov davlat tashrifi bilan keldi. Tashrifning ikkinchi kuni prezidentlar Xorazm viloyatida bo‘lishdi;

29 aprel-1 may - Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an davlat tashrifi bilan keldi, tashrifning oxirgi kuni prezidentlar Buxoro shahrida bo‘lishdi;

17-18 avgust - Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon davlat tashrifi bilan keldi. Tashrifning ikkinchi kuni prezidentlar Samarqand shahrida bo‘lishdi;

4-5 sentyabr - Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi rasmiy tashrif bilan keldi;

12-13 sentyabr - Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko rasmiy tashrif bilan keldi;

19-20 oktyabr - Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin davlat tashrifi bilan keldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!