O‘zbekistonda to‘siqsiz turizm rivojlanmoqda

O‘zbekistonda to‘siqsiz turizm rivojlanmoqda

Bugungi kunda O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan insonlarning respublikamiz bo‘ylab sayohat qilishlari uchun zarur tashkiliy va amaliy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan “Inklyuziv-to‘siqsiz turizm”ni rivojlantirish maqsadida, xar bir viloyatda yiliga nogironligi bo‘lgan shaxslarning Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlariga bepul sayohatlari tashkil qilinmoqda.

Toshkent viloyati bu yilda 1000 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslar sayohatlarini tashkil qilishni rejalashtirgan. Bugungi kungacha viloyatdan 500 dan ortiq jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar sayohatlari amalga oshirildi.

Xususan, joriy yilning 21-may kuni Toshkent viloyati turizm boshqarmasi va “Moon Travel” turoperatorlik korxonasi bilan hamkorlikda Ohangaron shahar Sahovat uyida istiqomat qiluvchi jismoniy imkoniyati cheklangan qariyalar uchun Toshkent shahriga hayriya sayohati tashkil etildi. Sayohat doirasida 30 nafar jismoniy imkoniyati cheklangan qariyalar dastlab Toshkent shahrida joylashgan “O‘zbekiston tarixi davlat muzeyiga” tashrif buyurishib u yerdagi sharoitlar va ekspanadlar bilan tanishdilar. Sayohatchilar orasida Xolmatov Erkin ota o‘zlari tomonidan yasalgan hunarmandchilik maxsulotlaridan muzeyga eksponat sifatida topshirdilar.
“Yangi O‘zbekiston” bog‘iga tashrif davomida, sayohatchilar bog‘ni maxsus avtomabillar yordamida to‘liq aylandilar. “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida ular uchun ziyofat dasturxoni yozilib, ko‘ngilochar dasturlar taqdim etildi. Tadbir so‘ngida sayohat ishtirokchilari uchun homiylar tomonidan esdalik sovg‘alari taqdim qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!