O‘zbekistonda to‘rt marta sudlangan shaxs Oliy ta’lim vazirligida mas’ul lavozimda ishlagan

O‘zbekistonda to‘rt marta sudlangan shaxs Oliy ta’lim vazirligida mas’ul lavozimda ishlagan

O‘zbekiston Bosh prokuraturasida 18 yanvar kuni bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev raisligida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Respublika idoralararo komissiyasining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Videoselektor tarzida o‘tkazilgan yig‘ilishda oliy ta’lim sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish ahvoli va qonuniylikni ta’minlashga doir masalalar muhokama qilingan.

Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev talabalar o‘qish joyini ko‘chirish, o‘qish yo‘nalishini o‘zgartirish hamda o‘qishga qayta tiklashda korrupsiyaga duch kelayotganligi, bunga oliy o‘quv yurti va vazirlik ayrim mutasaddilari bosh qo‘shganligini keskin tanqid ostiga oldi.

Ma’lum qilinishicha, muqaddam oliy ta’lim sohasida ishlab, ta’lim bilan bog‘liq poraxo‘rlik va firibgarlik jinoyatlari uchun to‘rt marotaba sudlangan fuqaro U. Oliy ta’lim vazirligida mas’ul lavozimda ishlab, ta’lim bilan bog‘liq qator jinoyatlarga qo‘l urgan.

Jumladan, u Rossiya va Ukraina tibbiyot oliygohlarida tahsil olayotgan ikki talabaning o‘qishini Toshkentdagi oliygohlarga ko‘chirish uchun 4 ming dollar olgani fosh etilgan. U tergovda yana oltita holatda o‘qishga kiritish, talabalarning o‘qishini tiklash va ko‘chirish masalasini hal qilishga va’da berib, 14 ming dollarni pora tariqasida olgan aniqlangan.

Manba: daryo. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!