O‘zbekistonda Naqshbandiya festivali bo‘lib o‘tadi

O‘zbekistonda Naqshbandiya festivali bo‘lib o‘tadi

Malayziyadagi O‘zbekiston elchixonasi bilan hamkorlikda 2018 yil 7-12 noyabr kunlari O‘zbekistonda "Naqshbandiya sayyohlik festivali" bo‘lib o‘tadi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar berdi.

Ushbu festivalni Jahon so‘fiylar markazi (World Sufi Center) tashkil qilmoqda. Tadbirning asosiy maqsadi O‘zbekistonda ziyorat turizmini rivojlantirishdan iborat. Jahon so‘fiylar markazi festivalni o‘tkazish uchun barcha tayyorgarlikni ko‘rib qo‘ygan.

Festivalda Naqshbandiya tariqatining 150 nafardan ortiq vakili, xususan, Malayziya, Indoneziya, Turkiya, Buyuk Britaniya, Yangi Zelandiya, Xitoy, Hindiston, Avstraliya, AQSH, JAR va boshqa mamlakatlardan mehmonlar ishtirok etishi kutilmoqda.

Festival aynan qayerda o‘tkazilishi aytilmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!