O‘zbekistonda ko‘p qavatli uylar soni nechta?

O‘zbekistonda ko‘p qavatli uylar soni nechta?

Respublikamizda ko‘p qavatli uylar soni qariyb 42 mingga yetgan bo‘lib, ularning 92 foiziga 821 dan ortiq boshqaruv tashkilotlari tomonidan xizmat ko‘rsatilmoqda. Bu haqda Qurilish vazirligi xabar berdi.

“2024 yil davomida respublikadagi boshqaruv tashkilotlarining qariyb 60 mlrd so‘m mablag‘lari hisobidan 2 888 ta ko‘p kvartirali uyni ta’mirlash bo‘yicha manzilli dastur tasdiqlandi hamda uning doirasida 2 283 ta ko‘p kartirali uylarda ta’mirlash ishlari yakunlandi.

Shundan, 934 ta uyning tom qismida mukammal va joriy, 1 246 ta kirish yo‘laklarida, 1085 ta uyning yerto‘la va uy ichki muhandislik-kommunikasiyalarida ta’mirlash ishlari olib borildi.

Kirish yo‘laklariga 270 ta kodli temir eshiklar o‘rnatildi va 4 851 ta energiya tejamkor sensorli lampalar o‘rnatildi.

Bundan tashqari, 54 mingdan ortiq elektr taqsimlovchi ’shit’lar joriy va mukammal ta’mirlandi”, deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!