O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlar 9600 nafardan oshdi

O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlar 9600 nafardan oshdi

2020 yil 4 iyul soat 18:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 9611 (+111) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 44 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 66 nafari Toshkent shahrida hamda 1 nafari Buxoro viloyatida aholi orasida aniqlangan.

Bugun ayni paytga qadar poytaxtimizdagi 2-son Respublika  klinik shifoxonasida 53 nafar va Toshkent tibbiyot akademiyasi klinikasida 2 nafar bemor tuzalib, yurtimizda jami 6306 (+55) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (65 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 3275 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!