O‘zbekistonda elektr energiyasi va gazning ulgurji bozori tashkil etiladi

O‘zbekistonda elektr energiyasi va gazning ulgurji bozori tashkil etiladi

O‘zbekiston prezidenti 1 sentyabrga qadar Jahon banki va Osiyo taraqqiyot banki ekspertlarini jalb qilgan holda Gaz-transport tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish dasturining bosh rejasini ishlab chiqishni topshirdi. Bu haqda davlat rahbarining 4 apreldagi qarorida so‘z boradi.

Mazkur topshiriqni bajarish Energetika vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga topshirildi.

Xuddi shu muddagacha barcha ishtirokchilarga teng kirish imkoniyatini ta’minlash va narxni shakllantirishning shaffof mexanizmlarini nazarda tutgan holda elektr energiyasi va tabiiy gazning birja savdolari asosidagi ulgurji bozorini yaratish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilishi lozim.

Eslatib o‘tamiz, Markaziy Osiyo mamlakatlari operatorlari uchun elektr energiyasining ulgurji bozorini yaratish to‘g‘risida o‘tgan yilning o‘rtalarida O‘zbekiston energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xo‘jayev e’lon qilgan edi. O‘rta Osiyoning elektr energiyasini ishlab chiqaruvchilari ishlab chiqarilgan ortiqcha mahsulotni bunday birja orqali taklif qilishlari mumkin, O‘zbekiston esa Afg‘onistonga elektr energiyasini etkazib berish uchun u orqali yetishmayotgan hajmlarni to‘ldirishni rejalashtirmoqda.

 

 

Bundan tashqari, 1 iyulga qadar xalqaro darajada tan olingan konsalting va auditorlik kompaniyalarini jalb qilgan holda Neft-gaz tarmog‘i korxonalarining operasion samaradorligini yaxshilash bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» ishlab chiqiladi. Ushbu korxonalarga yuqori malakali xorijiy ekspertlar va mutaxassislar, shu jumladan, xorijdagi vatandoshlarni ishga yollash rejalashtirilmoqda.

1 oktyabrga qadar neft-gaz tarmog‘idagi barcha korxonalarda korrupsiyaga qarshi «komplayens-nazorat» tizimi joriy etilishi lozim.

2017−2021 yillarda uglevodorod xomashyosi qazib chiqarishni ko‘paytirish dasturini moliyalashtirishni davom ettirish maqsadida Ipak yo‘li jamg‘armasi (XXR) va xorijiy tijorat banklarining 250 million dollar miqdoridagi, shuningdek, eksport-kredit agentliklari hisobidan 400 million dollar miqdoridagi kredit mablag‘larini jalb qilish rejalashtirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!