O‘zbekistonda bolalar mehnatidan muntazam foydalanish to‘xtatildi — Xalqaro mehnat tashkiloti

O‘zbekistonda bolalar mehnatidan muntazam foydalanish to‘xtatildi — Xalqaro mehnat tashkiloti

O‘zbekiston paxta dalalarida ishlayotganlarning asosiy mehnat huquqlarini ta’minlashda sezilarli yutuqlarga erishdi. 2020 yilda o‘rim-yig‘im ishchilarining 96 foizidan ko‘prog‘i ixtiyoriy ravishda ishladi va o‘quvchilar, o‘qituvchilar, shifokorlar va hamshiralarni yig‘im-terim ishlariga muntazam jalb qilish endi qo‘llanilmaydi.

Tashkilotning «O‘zbekistonda paxta yig‘im-terimi davrida bolalar mehnati va majburiy mehnatning 2020 yilgi uchinchi tomon monitoringi» ma’ruzasi mamlakat bo‘ylab 1,8 million paxta terimchilaridan iborat 9000 dan ortiq odam ishtirokida o‘tkazilgan suhbat va so‘rovlarga asoslangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!