O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi «jinoyatga moyilligi bor ayol» degan tushunchani yuridik jihatdan izohladi

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi «jinoyatga moyilligi bor ayol» degan tushunchani yuridik jihatdan izohladi

O‘zbekistonda yuridik jihatdan «jinoyatga moyilligi bor ayol» degan tushuncha yo‘q. Bu haqda O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i Shavkat Kazakboyev jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda ma’lum qildi, deya xabar bermoqda «Daryo» muxbiri Musulmonbek Ibrohimov.

Uning tushuntirishicha, qonunchilikda huquqbuzarlikka moyilligi borlar ikkiga — jinoiy va ma’muriy toifaga bo‘linadi.

Birinchi toifaga jazoni ijro etish muassalaridan qaytganlar, ichkilikka ruju qo‘yganlar, ruhiy kasallar, fohisha va fohishaxona saqlagan xotin-qizlar kiradi.

Ikkinchi toifaga esa farzand tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ayollar mansub.

Shavkat Kazakboyev, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i

2019 yil avgustida Toshkentda xotin-qizlarning 23 ta toifa bo‘yicha kartotekalari shakllantirilishi haqida xabarlar tarqalgan edi — ro‘yxatda, jumladan, uzoq vaqt chet elda bo‘lgan ayollar, ishsiz va vaqtinchalik propiskali xotin-qizlar kabi toifalar ham bor edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!