O‘zbekiston tarixida birinchi marta investisiya ulushi 38 foizdan oshdi

O‘zbekiston tarixida birinchi marta investisiya ulushi 38 foizdan oshdi

O‘zbekiston tarixida birinchi marta investisiyaning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 38 foizdan oshdi. Oldingi yillarda bu ko‘rsatkich 25 foizga ham yetmasdi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev 14 avgust kuni o‘tgan 2019 yilning birinchi yarim yilligi natijalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda bildirdi.

Yig‘ilishda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, yoqilg‘i-energetika, qayta ishlash sanoati va agrosanoat tarmoqlarini modernizasiya qilish, hududlarni kompleks rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy sohalarni yaxshilash, aholi farovonligini oshirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar natijalari muhokama qilindi.

Prezident joriy yil oxiriga qadar Navoiy kon-metallurgiya kombinatida 25 ta, “O‘zeltexsanoat”da 18 ta, “O‘zavtosanoat”da 7 ta, Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida 5 ta investisiya loyihasi bo‘yicha yangi quvvatlar ishga tushirilishini jadallashtirish bo‘yicha tavsiyalar berdi.

"Oxirgi bir yilda yalpi ichki mahsulot tarkibida sanoat ulushi 26 foizdan 30 foizga yetgan bo‘lsa-da, bu biz boshlagan islohotlar ko‘lamiga nisbatan hali yetarli emas", – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Yig‘ilishda ta’kidlanishicha, 2019 yilning birinchi yarmida yalpi ichki mahsulot 5,8 foizga, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 6,9 foizga o‘sgan.

Mahalliy byudjetlar ixtiyorida 2,6 trillion so‘mdan ziyod yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,5 barobar ko‘p mablag‘ qoldirildi.

Byudjet daromadlari qariyb 51 trillion so‘mni yoki prognozga nisbatan 109 foizni tashkil etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!