O‘zbekiston milliy jamoasining Eronga qarshi o‘rtoqlik o‘yini bir kun keyinga ko‘chirildi

O‘zbekiston milliy jamoasining Eronga qarshi o‘rtoqlik o‘yini bir kun keyinga ko‘chirildi

O‘zbekiston milliy jamoasining Eronga qarshi 7 oktyabrda o‘tishi kerak bo‘lgan o‘rtoqlik o‘yini bir kun keyinga ko‘chirildi.

«O‘zbekiston milliy jamoasi JCH-2022 va Osiyo kubogi-2023 qo‘shma saralash bosqichi keyingi yilga qoldirilganiga qaramay, mazkur bosqich uchrashuvlariga tayyorgarlik jarayonini reja asosida olib boradi.

Shu sababli, Milliy jamoamiz oktyabr oyida Toshkentda o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini tashkil etadi. Ushbu yig‘in doirasida avval xabar berganimizdek ikkita xalqaro o‘rtoqlik o‘yini rejalashtirilgan.

Dastlab Vadim Abramov murabbiyligi ostidagi milliy jamoamiz Eronga qarshi o‘rtoqlik bahsida maydonga tushadi. Ushbu o‘yin Eron Islom Respublikasi futbol federasiyasining iltimosiga binoan bir kun keyinga ya’ni 8 oktyabrga ko‘chirildi. Mazkur bellashuv «Paxtakor» stadionida soat 18.00da boshlanadi.

Shuningdek, O‘zbekiston milliy jamoasi 12 oktyabr kuni Dubay shahrida BAA vakillariga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi», – deya xabar beradi O‘FA matbuot xizmati.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!