O‘zbekiston milliy jamoasining 2 a’zosi Eronga bormaydigan bo‘ldi

O‘zbekiston milliy jamoasining 2 a’zosi Eronga bormaydigan bo‘ldi

O‘zbekiston milliy jamoasining 2 a’zosi JCH-2026 saralash bosqichidan o‘rin olgan navbatdagi o‘yin uchun Eronga bormaydigan bo‘ldi.

Milliy jamoa yig‘iniga jalb etilgan yarim himoyachi Abdurauf Bo‘riyev murabbiylarning kelishuviga muvofiq, o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish maqsadida Olimpiyachilarimizning safiga borib qo‘shildi.

Shuningdek, milliy terma jamoamiz himoyachisi Umar Eshmurodov tiklanish mashg‘ulotlarini yurtimizda davom ettiradi. Futbolchimiz shifokorlar va murabbiylar tavsiyasiga ko‘ra Eronga qarshi o‘yinda ishtirok etolmaydigan bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!