O‘zbekiston internet tezligi bo‘yicha jahon reytingida to‘rt pog‘ona yuqoriladi

O‘zbekiston internet tezligi bo‘yicha jahon reytingida to‘rt pog‘ona yuqoriladi

Irlandiyaning Ookla kompaniyasi 2020 yil yanvar oyi natijalariga ko‘ra dunyodagi mobil va simli internet tezligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan Speedtest.net global oylik reytingi ma’lumotlarini e’lon qildi.

O‘zbekiston bu reytingda 4 pog‘ona yuqorilab internet tezligi o‘sishi bo‘yicha yaxshi natija ko‘rsatdi.

Mamlakatimiz umumiy reytingda dunyoning 176 mamlakati orasida (yil davomida 15 pog‘ona yuqorilab) 104-o‘ringa ko‘tarildi. Bu yil davomida kuzatilgan eng yuqori o‘sishdir.

2020 yil yanvar oyi natijalariga ko‘ra, mamlakatimiz internet tezligi bo‘yicha Gruziya (107-o‘rin), Ozarbayjon (116-o‘rin), Tojikiston (109-o‘rin) va Turkmaniston (176-o‘rin) kabi davlatlarni ortda qoldirdi.

So‘nggi bir yil ichida O‘zbekistonda internet tezligi 2,4 baravar oshib, 2019 yil yanvaridagi 10,89 Mbit/s dan 2020 yil yanvar oyida 25,75 Mbit/s gacha (Download) yetdi.

Mobil internet tezligi bo‘yicha ham O‘zbekiston 2019 yil dekabriga holatiga nisbatan o‘z o‘rnini yaxshilab, ikki pog‘ona yuqorilab 132-o‘ringa ko‘tarildi (yiliga 5 pog‘ona ko‘tarilish).

Speedtest o‘z reytingini ushbu xizmat orqali internetga ulanish tezligini tekshirgan foydalanuvchilar tomonidan olingan ma’lumotlari asosida yaratadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!