O‘zbekiston ilk bor 3 ta valyutada suveren xalqaro obligasiyalarini joylashtirdi

O‘zbekiston ilk bor 3 ta valyutada suveren xalqaro obligasiyalarini joylashtirdi

21 may kuni O‘zbekistonning umumiy qiymati qariyb $1,5 mlrdga teng navbatdagi suveren obligasiyalari birinchi marotaba 3 ta valyutada xalqaro moliya bozorlarida joylashtirildi.

Xususan, 3 ta valyuta – AQSh dollarida 7 yillik, yevroda “Barqaror rivojlanish maqsadlari"ni moliyalashtirishga 3 yillik va milliy valyutada suveren obligasiyalarni joylashtirish bo‘yicha buyurtmalar qabul qilinishi e’lon qilindi.

Kun davomida O‘zbekistonning suveren xalqaro obligasiyalarini sotib olish uchun jami $5,5 mlrd miqdoridagi buyurtmalar kelib tushdi.

Shundan AQSh dollaridagi (7 yillik) obligasiyalarga — $3 mlrd, yevrodagi (3 yillik) obligasiyalarga — 2 mlrd yevro hamda so‘mdagi (3 yillik) obligasiyalarga 4 trln so‘m taklif etilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!