O‘zbekiston hududlarida qancha xususiy korxona borligi aytildi

O‘zbekiston hududlarida qancha xususiy korxona borligi aytildi

O‘zbekistonda 2024 yilning 1 may holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan xususiy korxonalar soni 57 755 tani tashkil etgan.

Statistika agentligi xabariga ko‘ra, hududlar kesimida Toshkent shahri yetakchi – 7 667 ta. Reytingda ikkinchi pog‘onada Qashqadaryo viloyati – 6 821 ta.

Bundan tashqari:

Farg‘ona viloyati – 6 402 ta;

Samarqand viloyati – 5 039 ta;

Surxondaryo viloyati – 4 903 ta;

Xorazm viloyati – 4 556 ta;

Navoiy viloyati – 4 230 ta;

Toshkent viloyati – 3 715 ta;

Namangan viloyati – 3 617 ta;

Buxoro viloyati – 2 670 ta;

Jizzax viloyati – 2 604 ta;

Andijon viloyati – 2 226 ta;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 2 216 ta;

Sirdaryo viloyati – 1 089 ta.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!