O‘zbekiston elchisi Qatar ichki ishlar davlat vaziri bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston elchisi Qatar ichki ishlar davlat vaziri bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston elchisi Ashraf Xodjayev Qatar ichki ishlar davlat vaziri Abdulaziz bin Faysal bin Muhammad Ol Soniy bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo".

Qatar ichki ishlar davlat vaziri ikki mamlakat rahbarlari o‘rtasida o‘rnatilgan yaqin do‘stona aloqalar ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashda muhim omil bo‘layotganini bildirdi. Uning aytishicha, Qatar tomoni O‘zbekiston huquq tartibot organlari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish va kengaytirishga tayyor.

2023 yilning 2 oktyabr kuni Doxaga amalga oshirilgan oliy darajadagi tashrif davomida ikki mamlakat Ichki ishlar vazirliklari o‘rtasida imzolangan anglashuv memorandumining amaliy ijrosini ta’minlashning muhimligi qayd etildi.

Abdulaziz bin Faysal bin Muhammad Ol Soniy, shuningdek, joriy yil oktyabr oyida Doxada bo‘lib o‘tadigan "Milliy xavfsizlik va xavfsizlik uchun global tadbir" – Milipol Qatar ko‘rgazmasida O‘zbekiston tomonini taklif qildi. Ushbu tadbir tomonlar hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qilishlari uchun muhim maydon vazifasini o‘tashi kutilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!