O‘zbek Maradonasi: «Bizning avlodning asosiy kumiri Maradona bo‘lgan...»

O‘zbek Maradonasi: «Bizning avlodning asosiy kumiri Maradona bo‘lgan...»

OKMK klubi bosh murabbiyi, «O‘zbek Maradonasi» Mirjalol Qosimov kecha, 25 noyabr kuni vafot etgan argentinalik futbol afsonasi Diyego Armando Maradona haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

«Maradonaning o‘yinlarini 1986 yili Meksikada o‘tgan jahon chempionatida ko‘rganmiz. O‘shanda 16 yoshda edim. Uning Angliya darvozasiga kiritgan ikkinchi to‘pi futbol tarixidagi eng chiroyli gollardan biridir. Buni takrorlash deyarli imkonsiz. To‘g‘ri, Messi ham shunga o‘xshash gol urdi, lekin Maradonaning goli chiroyliroq deb hisoblayman. 

Bizning avlodning asosiy kumiri Maradona bo‘lgan. Mahallada futbol o‘ynasak, hamma bolalar futbolkasiga uning ismini yozib olishardi. Hatto sochlarimizni Maradonanikidek o‘stirardik.  Meni «oqtepalik Maradona» deb atashardi. 

U hali yosh edi. Uning muxlislariga ta’ziya bildiraman», – deydi Qosimov "Tribuna.uz" muxbiriga.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!