Urushdan keyingi Suriyani qayta tiklash uchun qancha vaqt ketadi?

Urushdan keyingi Suriyani qayta tiklash uchun qancha vaqt ketadi?

Vayronakor urushdan keyin Suriyani qayta tiklash ishlari kamida ellik yidga cho‘zilishi mumkin. Bu haqda BMT Bosh kotibining maxsus maslahatchisi Adama Diyeng ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Anadolu” agentligi.

“Livanda qayta tiklash ishlari 25 yildan ortiqqa cho‘zildi, Suriyada esa bu jarayon kamida yarim asr davom etishi ehtimol bor”, – dedi u.

Uning ta’kidlashicha, mamlakatda vaziyat iziga tushganidan keyin sunniy, shia, alaviy, nasroniy deb ayrimchilik qilish o‘rniga, Suriya aholisi bir yoqadan bosh chiqarib ishlashi lozim.

Shuningdek, Adama Diyeng Turkiya va Rossiyaning Idlibda harbiy operasiya boshlamaslikka kelishib olganini olqishladi.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!