O‘n millionga yaqin suriyaliklar to‘yib ovqatlanmaydi

O‘n millionga yaqin suriyaliklar to‘yib ovqatlanmaydi

Suriyada kuchli oziq-ovqat inqirozi yuzaga kelishi mumkin.

BMTning Jahon oziq-ovqat dasturiga ko‘ra, bu Yaqin Sharqdagi vaziyatning yomonlashishi natijasidir.

“Hozirda o‘n millionga yaqin suriyaliklar to‘yib ovqatlanmayapti. Shuningdek, iqtisodiy inqiroz tufayli mamlakatda oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari keskin ko‘tarilib ketmoqda”, deyiladi xabarda.

- 9 yillik mojarolar davomida oziq-ovqat narxlari hech qachon bunchalik yuqori bo‘lmagan. Odamlar bizga bozorlarda mahsulot sotib olish imkoniyati yo‘qligini aytishmoqda. Tasavvur qiling-a, ular televizor yoki sport poyabzali sotib olishni kutishmayapti, ular ovqat sotib olishni kutishyapti, deydi Jahon oziq-ovqat dasturi vakili Korinn Fleysher.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!