Ukraina Jahon banki orqali Yaponiya va Buyuk Britaniyadan jami 1,5 mlrd dollar kredit oldi

Ukraina Jahon banki orqali Yaponiya va Buyuk Britaniyadan jami 1,5 mlrd dollar kredit oldi

Ukraina Moliya vazirligining ma’lum qilishicha, mamlakat Jahon bankidan jami 1,5 milliard dollar kredit olgan. Yaponiya 984 million dollar, Buyuk Britaniya 515 million dollar bergan.

Moliya vazirligining xabar berishicha, Ukraina davlat byudjetiga 1,4 milliard dollarga yaqin mablag‘ tushdi. Qolgan 99,54 million dollar esa kredit majburiyatlariga xizmat ko‘rsatish xarajatlarini kamaytirish uchun foizlarni kapitallashtirishga yo‘naltirildi, deyiladi vazirlik bayonotida.

Mazkur loyiha Ukrainadagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Mablag‘lar davlat byudjetining umumiy jamg‘armasiga yuklangan vazifalar bajarilgandan so‘ng bir transhda o‘tkaziladi. Islohotlarning asosiy yo‘nalishlari qatorida: korporativ boshqaruvni takomillashtirish, moliya sektorini mustahkamlash, elektron xaridlar tizimida mijozlarning shaffofligini ta’minlash ko‘rsatilgan.

27 mart kuni Ukrainaga 1,5 milliard dollar o‘tkazish Jahon banki direktorlar kengashi tomonidan ma’qullangan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!