Ukraina harbiy-dengiz kuchlari Rossiya armiyasini taqiqlangan kimyoviy quroldan foydalanganlikda ayblamoqda

Ukraina harbiy-dengiz kuchlari Rossiya armiyasini taqiqlangan kimyoviy quroldan foydalanganlikda ayblamoqda

Ukraina harbiy-dengiz kuchlarining ijtimoiy tarmoqlarida Ukraina Qurolli kuchlarining mamlakat sharqida joylashgan pozisiyalariga uchuvchisiz qurilmalar tomonidan sovet K-51 aerozolli granatalari orqali hujum qilinayotgani haqida video chop etildi.

"Dengiz piyodalari taqiqlangan o‘q-dorilarning kuchli bezovtalik uyg‘otuvchi xususiyati ta’siridan o‘zlarini mudofaalash uchun kimyoviy himoya vositalarida o‘z pozisiyalarini saqlab turishipti", — deyiladi xabarda.

BBC ma’lumotlariga ko‘ra, bunday granatalardan 2015 yilda Donesk aeroportiga bostirib kirish paytida ham foydalanilgan. Shuningdek, Ukraina Qurolli Kuchlari Bosh shtabi oktyabr va noyabr oylarida kamida ikki marta Rossiya armiyasi tomonidan ushbu granatalardan foydalanilgani haqida xabar berib, ular Kimyoviy qurollar konvensiyasi tomonidan taqiqlanganligini ta’kidlagan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!