Turli mamlakatlarda tez tibbiy yordam turlicha tashkil etilgan.

Turli mamlakatlarda tez tibbiy yordam turlicha tashkil etilgan.

Qayerdadir shifokorlar velosipedda kelishsa, qayerdadir ularning o‘rniga o‘t o‘chirish xodimlari kelishadi, deydi Dori-Darmon" AK matbuot xizmati.

1. AQSH. AQShda tez tibbiy yordam bilan tibbiyot xodimlari emas, asosan paramediklar (o‘t o‘chirish hodimlari, ichki ishlar xodimlari yoki maxsus tayyorlangan hodimlar) shug‘ullanishadi. Ularning asosiy vazifasi bemorning holatini stabillashtirish va yaqin o‘rtadagi shifoxonaga yetkazishdir. O‘rtacha yetib kelish vaqti 8-12 daqiqaga teng. Taxminan ikki hafta ichida ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lov so‘ralgan qog‘oz keladi. To‘lov narxi joyiga bog‘liq, masalan Chikagoda chaqiriqlar 900 dollardan boshlansa, Nyu-yorkda 1300 dollargacha. Bundan tashqari shifoxonaga yetkazish uchun to‘lov masofasiga qarab belgilanadi. Lekin, ijtimoiy dasturlar bo‘yicha 80% gacha chegirmalar bo‘lishi mumkin. Agar bemorning tibbiy sug‘urtasi bo‘lsa, summaning 20-50% qismi sug‘urta kompaniyasi orqali, polisi bo‘lmasa to‘liq o‘zi tomonidan qoplanadi.

2. Buyuk Britaniya. Bu davlatda 75% murojaatlar A kategoriyaga kiradi. Bunda inson hayoti xavf ostida ekanligidir. Bunday chaqiriqlarga o‘rtacha 8 daqiqada yetib boriladi. Agar bemorni shifoxonaga olib borish talab etilsa, mashina yetib kelishiga taxminan 19 daqiqa sarflanadi. Shuning uchun Londonga borib, tez yordam chaqirsangiz, ularning velosipedda kelganiga hayron bo‘lmang. Hizmat davlat byudjeti tomonidan to‘liq qoplanadi. Tez yordam velosipedlari ham defibrilyator, kislorod baloni, puls va qon bosimini o‘lchash uchun monitor, dori vositalari bilan jihozlangan.

3. Fransiya. Fransiyada turistlar uchun tibbiyot pullik. Pullik bo‘lgandayam sezilarli darajada qimmat. Vrachni uyga chaqirish taxminan 70 yevro. Bu yerda yong‘inga qarshi kurash xodimlari birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatishga yaxshi o‘qitilgan. Agar siz Fransiyada turib, tez yordam chaqirsangiz, yong‘inga qarshi xodim kelsa ajablanmang. Tez yordamdan ko‘ra ularning yetib borishi tezroq deb topilsa, yong‘inga qarshi brigada yuboriladi. Shuningdek, farmasevtlar ham tibbiy maslahat berish huquqiga ega. Zarur bo‘lib qolsa, yaqin atrofdagi dorixonaga kirib, maslahat olishingiz mumkin. Lekin, aksariyat dorilar resept asosida sotiladi. Shu sababli vrachning o‘ziga ko‘ringan ma’qul variant.

4. Yaponiya. Ko‘pchilik rivojlangan davlatlardan farqli ravishda tez yordam bepul. Aksariyat hollarda bu hizmatdan uyda yolg‘iz qolgan xomilador ayollar tug‘ruqxonaga yetkazish uchun va yakka yashovchi qariyalar foydalanadi. Asosiy kishilar yaqin shifoxonaga o‘zlari borishni afzal ko‘rishadi. Bu yerda ham tez yordam boshqa xizmatlar bilan birga ishlaydi. Masalan, #119 raqamini tersangiz, yong‘inni o‘chirish xodimlari keladi, #110 raqamini tersangiz shifokor polisiya xodimlari bilan birga kelishadi. Agar #7119 raqamini tersangiz faqatgina shifokorlar kelishadi.

5. Xitoy. Xitoyda tez yordam 120 raqami orqali chaqiriladi. Zarur bo‘lsa boshqa qutqaruvchilarni ham birgalikda 110 raqami orqali yoki yaqin polisiya uchastkasiga murojaat etish orqali chaqirishingiz mumkin. Bu mamlakatda tez tibbiy yordamda shifoxonaga olib borish pullik. Pulni shifoxonaga kelgach, u yerdagi g‘azna orqali to‘laysiz. Uning miqdori olib kelingan shifoxona bilan chaqiruv manzili orasidagi masofaga bog‘liq. Bu odatda 20 yuandan 200 yuangacha bo‘ladi. Shuningdek, ishlatilgan kislorod yostiqchasi, dori-darmonlar va boshqa ishlatilgan narsalar uchun alohida pul to‘lanadi. Agar chaqirig‘ingiz asossiz deb topilsa, jarima to‘lashingizga ham to‘g‘ri keladi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!