Turkmanistonda “Facebook”, “Twitter”, “Instagram”, “Odnoklassniki” va “Vkontakte” bloklandi!

Turkmanistonda “Facebook”, “Twitter”, “Instagram”, “Odnoklassniki” va “Vkontakte” bloklandi!

Turkmaniston o‘zining Biz byarde ( Biz bu yerda , mualliflar uning qisqartirilgan varianti deb Bi-Bi dan ham foydalanishni taklif qilishgan) deb nomlangan ijtimoiy tarmog‘ini ishga tushirdi. Bu haqda turon24 xabar bergan.

Bu ishimiz foydalanuvchilarga yoqishi uchun uzoq ishladik va uni tayyorlash jarayonida bir qator muammolarga duch keldik. Biz byarde ni mukammal deb ayta olmaymiz, lekin Turkmanistondagi mashhur saytlardan qolishmaydi , deydi uning mualliflaridan biri Eziz Beknazarov.

Nashrning xabar berishicha, Bi-Bi rasmiy ravishda taqdim qilingunga qadar 5 mingdan ortiq odam uning Android versiyasini yuklab olgan.

Bi-Bi dan foydalanish shartlarida ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi kamida 13 yoshga to‘lgan bo‘lishi kerakligi aytilgan. Foydalanuvchi o‘z akkauntida chiqqan har qanday ma’lumot uchun javob beradi. Shuningdek, u boshqa foydalanuvchilarni haqorat qilmasligi kerak.

Ma’muriyat oldindan ogohlantirmasdan va hech qanday izoh bermasdan xizmat ko‘rsatishni to‘xtatish huquqiga ega.

Fergana agentligining xabar berishicha, Turkmanistondagi barcha mashhur ijtimoiy tarmoqlar Facebook , Twitter , Instagram , Odnoklassniki va Vkontakte bloklangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!