Turkmaniston prezidenti ta’tilda nabirasi bilan she’r yozib, uni rep usulida ijro etdi (video)

Turkmaniston prezidenti ta’tilda nabirasi bilan she’r yozib, uni rep usulida ijro etdi (video)

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov ta’til vaqtida 16 yoshli nabirasi Karimguli bilan sport va badiiy ijodiyot bilan shug‘ullanishga qaror qildi. 

Turkmenportal hukumat axborot resursining ma’lum qilishicha, prezident ta’tilni “Avaza” milliy turistik zonasida o‘tkazmoqda. Berdimuxamedov va uning nabirasi jismoniy rivojlanishga vaqt ajratib, so‘ngra birgalikda she’r yozib, uni rep usulida ijro etishdi. Bu haqda Kun nashri yozmoqda.

“Turkmaniston prezidenti hordiq vaqtida musiqa yoki yozuvchilik va ilmiy ish bilan shug‘ullanishga doim vaqt ajratishga harakat qiladi”, deb aytilgan xabarda.

Ushbu jarayon turkman televideniyesi tomonidan kameralarga muhrlangan.

Qo‘shiq quyidagicha boshlanadi: “Sport! Turkmaniston! Go‘zal Avaza!”. Berdimuxamedov nabirasiga she’rni ijodiy yondashgan holda ingliz tiliga tarjima qilishni tavsiya qilgan. Nabira bobosi she’rini tarjima qilib, unga musiqa yarata boshlagan.

Berdimuxamedov sintezatorda, nabirasi esa gitarada musiqa chalib, qo‘shiqni rep usulida ijro etishgan. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!