Turkiyaga fohishalikka jo‘natilayotgan ikkita qiz to‘xtatib qolindi

Turkiyaga fohishalikka jo‘natilayotgan ikkita qiz to‘xtatib qolindi

Joriy yilning 9 may kuni Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan tadbir natijasida, Toshkent shahrining Olmazor tumanida yashovchi 34 yoshli U.Z. Aziza ismli jinoiy sherigi bilan til biriktirib, o‘zi tomonidan oldindan tayyorlab qo‘yilgan viza va chipta asosida, Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanida yashovchi 31 yoshli A.R. hamda Angren shahrida yashovchi 21 yoshli S.M.larni G‘ishtko‘prik chegara posti orqali Qozog‘iston Respublikasiga olib o‘tib, u yerdan Turkiyaning Istambul shahriga shahvoniy maqsadlarda foydalanish uchun jo‘natib yuborayotgan vaqtda qo‘lga olindi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasiga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!