Toshloqqa tadbirkor eksperiment sifatida hokim qilib tayinlangan

Toshloqqa tadbirkor eksperiment sifatida hokim qilib tayinlangan
Avvalroq Toshloq tumaniga "Expo Kollor Prin Teks" paxta-to‘qimachilik klasteri rahbari Abduqahhor Jo‘raboyev hokim qilib tayinlangani haqida xabar bergandik.

O‘zAga ko‘ra, mamlakatimizda ilk bor "Expo Kollor Prin Teks" paxta-to‘qimachilik klasteri rahbari Abduqahhor Jo‘raboyev eksperiment sifatida Toshloq tumanining hokimi etib tayinlandi.
 
"Bugun Prezident ishtirokida bo‘lib o‘tgan viloyat faollar yig‘ilishida foliyatida sustkashlikka yo‘l qo‘ygan Toshloq tumani hokimi va soliq boshqarmasi boshlig‘ini vazifasidan ozod etish bo‘yicha ko‘rsatma berildi. "Tadbirkor-islohotchi" g‘oyasi asosida hududning ijtimoiy-ijtimoiy rivojlanishida ularning o‘rni muhim bo‘lishi xususida aniq vazifalar belgilab olindi.

3 iyun kuni davlatimiz rahbari raisligida kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektorda kambag‘allik chegarasi va mezonlarining jahon amaliyotida tan olingan 4 ta hisoblash usuli Farg‘ona viloyatining Toshloq tumani misolida sinovdan o‘tkazilishi belgilangandi.

Shuhratjon Abdusalomov 2018 yil martidan buyon Toshloq tumaniga rahbarlik qilib kelayotgandi", – deyiladi xabarda.

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!