Rossiya hududlarida yadroviy zarba ehtimoli yuzasidan mashg‘ulotlar o‘tkazildi

Rossiya hududlarida yadroviy zarba ehtimoli yuzasidan mashg‘ulotlar o‘tkazildi

Rossiya hududlarida yadroviy zarba ehtimoli yuzasidan mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

"4 oktyabr kuni Rossiya Federasiyasining bir qator hududlarida fuqarolik mudofaasi va yadroviy-kimyoviy ifloslanish oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi", deb xabar berdi Baza Telegram kanali. Mashg‘ulotlar, xususan, Anapa, Ulyanovsk, Kogalim, Buzuluk, Snejinsk va boshqa shaharlarda o‘tkazildi.

Asosiy e’tibor kimyoviy ifloslanish oqibatlarini bartaraf etishga qaratildi. Mashg‘ulotlarga kirish sifatida “dushman tomonidan infratuzilma ob’ektlariga havodan yadroviy zarba berish” holati ishlatildi. Ikki kun oldin Rossiyada ommaviy ogohlantirish tizimlarining auditi o‘tkazilgandi.

25 sentyabr kuni Vladimir Putin Rossiya yadroviy doktrinasiga o‘zgartirish kiritilishini ma’lum qildi. AQSh va Yevropa Ittifoqi Putinning bayonotlarini mas’uliyatsizlik deb baholadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!