Xamas hujumidan bir yil o‘tib: Isroilning Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlari o‘zgarganmi?

Xamas hujumidan bir yil o‘tib: Isroilning Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlari o‘zgarganmi?

2023 yil 7-oktabrda Xamas terrorchilari tomonidan Isroilga qilingan hujumdan so‘ng Yevropa Ittifoqi davlatlari bir ovozdan uning tarafini oldi. Ammo ID G‘azo sektorida XAMASga qarshi kurash boshlaganida, Yevropa Ittifoqining ba’zi davlatlari uzoq muddatli o‘t ochishni to‘xtatishni talab qila boshladi. Germaniya va Fransiya universitetlarida ham Isroil bilan birdamlik harakatlari, ham falastinliklarni qo‘llab-quvvatlash namoyishlari bo‘lib o‘tdi.

Endi, Xamas hujumidan bir yil o‘tib, Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vakili Piter Stano Isroilni «G‘azo sektoridagi ulkan gumanitar falokat va Falastin anklavidagi nomutanosib tinch aholi o‘limi» uchun tanqid qilmoqda. Xususan, Germaniya Tashqi ishlar vazirligi rahbari Annalena Bärbok ham xuddi shunday ruhda o‘zini bir necha bor ifodalagan. Isroil imkon qadar G‘azo sektoridagi tinch aholini ayamasligini aytadi, ammo jangarilar undan «inson qalqoni» sifatida foydalanishadi.

2000 yilda tuzilgan assosiasiya shartnomasi tufayli Yevropa Ittifoqi Isroilning eng yirik savdo sherigi hisoblanadi. G‘azo sektoridagi og‘ir gumanitar vaziyat tufayli Yevropa Ittifoqiga a’zo ba’zi davlatlar ushbu kelishuvni qayta ko‘rib chiqishga chaqirdi. Biroq, boshqa Yevropa davlatlari bunga qarshi.

Bu ichki konsensusning yo‘qligi YEIning Isroilga ta’sir qilishiga to‘sqinlik qilmoqda, deydi Yaqin Sharq bo‘yicha ekspert Xyu Lovatt. U Bryusselga Falastin-Isroil mojarosini «ikki davlat» tamoyili asosida hal etish bo‘yicha o‘z qarashlarini ilgari surmoqchi bo‘lsa, aniq qadamlar tashlashni maslahat beradi. Bunday qadamlar, xususan, Falastinni mustaqil davlat sifatida tan olish yoki G‘arbiy Sohildagi yahudiy ko‘chmanchilarga qarshi jiddiy sanksiyalar joriy etishni o‘z ichiga olishi mumkin, deb hisoblaydi ekspert.

Evropa Ittifoqining 27 davlatidan o‘ndan ozrog‘i Falastin davlatini tan oldi. Germaniya ulardan biri emas.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!