Rossiya elchisi qo‘rqib ketdi

Rossiya elchisi qo‘rqib ketdi

Rossiyaning Vashingtondagi elchisi Anatoliy Antonov jurnalistlarga Rossiyaning AQShdagi diplomatlariga «jismoniy zo‘ravonlik bilan tahdid qilinmoqda», dedi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 5 noyabr kuni bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan AQSh prezidentlik saylovlari oldidan «diplomatlarning mamlakatda ishlashi qiyinlashib bormoqda».

«Buni mamlakatimiz rahbariyatiga qarshi provokasion shiorlar va haqoratlar, shuningdek, diplomatlar va shaxsan elchiga jismoniy zo‘ravonlik haqida tahdidlar bilan o‘tkazilgan agressiv namoyishlar tasdiqlaydi», — dedi Antonov.

Uning ta’kidlashicha, Rossiya tomoni AQShning ichki siyosatiga aralashish bo‘yicha o‘ziga nisbatan «ko‘proq va tez-tez» ayblovlarni eshita boshlagan. Shu bilan birga, Vashington «Moskvaga tegishli dalillarni taqdim etmayapti».

Elchining ta’kidlashicha, agar Rossiyaga qarshi «targ‘ibot ayblovlari» «sovun pufagi kabi yorilayotgan bo‘lsa,» u holda mamlakatga qarshi sanksiyalar amal qilishda davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!