Germaniyada boshpana so‘rab murojaat qilganlar soni 4 barobarga kamaydi

 Germaniyada boshpana so‘rab murojaat qilganlar soni 4 barobarga kamaydi

"2024 yilning yanvaridan sentyabriga qadar bunday arizalar bir yil avvalgiga nisbatan 24 foizga kamroq topshirilgan", deb yozmoqda Welt am Sonntag Yevropa Ittifoqining boshpana agentligi ma’lumotlariga tayanib.

Biroq bunday so‘rovlar soni bo‘yicha Germaniya 170 574ta murojaat bilan Yevropa Ittifoqida birinchi o‘rinda qolmoqda. Undan keyingi o‘rinlarni Ispaniya (122 096), Italiya (117 042) va Fransiya (115 652) egallagan. Boshpana so‘rab murojaat qilish uchun eng kam ariza Vengriya (21), Slovakiya (121) va Litvada (284) topshirilgan.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, Germaniyaga boshpana izlovchilarning 30 foizi Suriyadan, 15 foizi Afg‘onistondan, 13 foizi Turkiyadan keladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!