Axsikentdagi XI qazuv ob’ektidan so‘nggi 50 yildagi eng nodir topilmalar aniqlandi, deb xabar bermoqda Madaniy meros agentligi.
Ma’lum qilinishicha, Namangan viloyatining Axsikent arxeologiya yodgorligida olib borilayotgan izlanishlar davomida arxeologlar kengligi 2,3 metrlik zinapoyaga duch keldi. Yer tubi tomon 4 metr qazilganda yo‘lakning bus-butun arkalariga duch kelingan.
Bu yerdan 10 ming kubometr tuproq chiqarilgach, yo‘lakning 12 pog‘onasi ham ochilgan. Aynan shu nuqtadan 7 metr sharqda qadimshunoslar yana ikkita noyob yerosti yo‘llariga duch keldi.
Taxminlarga ko‘ra, har ikki arkasimon yo‘lak dastlabki topilgan katta yo‘lga bog‘lanadi. Barcha yo‘laklar butun, arkasimon holda metro uslubida pishiq g‘ishtdan qurilgan. Hozirda italyancha deya ta’riflangan “rakovina”, yerosti, pol osti isitish tizimi, nafis sopol quvurlari bilan butun holatda topilgan qo‘l yuvish vositalari ham aynan shu ob’ektdan 2024 yilgi qazuv ishlari davomida topilgan.
Hozirda yodgorlikni muzeylashtirilayotgan qismlar quyidagilardan iborat:
XVIII qazuv ob’ekti – X-XII asrlarda faoliyat yuritgan yerosti suv inshootining kuzatuv punkti, birinchi shahristonning XIII asrning boshlariga oid xorazmshoxlar davrida qurilgan mudofaa devori va turar joy qoldiqlari;
XI qazuv ob’ekti – XI-XII asrlarga oid pishiq g‘ishtdan qurilgan gumbazli tagxona va mahobatli turar joy qoldiqlari, Farg‘ona vodiysida ilk bor topilgan qoraxoniylar davri devoriy rasm namunalari hamda yuqorida qayd etilgan yerosti inshootlari va nodir qurilmalar mavjud;
XIX qazuv ob’ekti – shaharning eramizdan avvalgi III-I asrlarda qurilgan mahobatli mudofaa devorlari va yerosti suv yo‘li;
XXIV qazuv ob’ekti – XI-XII asrlarga oid mahobatli turar joy qoldiqlari aniqlangan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Россия Қуролли кучлари Бош штаби бошлиғи Валерий Герасимов ўтган ҳафта АҚШ штаб бошлиқлари бирлашган қўмитаси раиси, генерал Чарлз Браунга қўнғироқ қилди.
2024 йил 5 декабрь куни жиноят ишлари бўйича Қумқўрғон туман судида 1981 йилда туғилган ҳуқуқбузар ўзининг яшаш хонадонида жабрланувчи аёлга ҳар хил беҳаё сўзларни гапириб, унга нисбатан шаҳвоний шилқимлик қилгани сабаб унга жазо тайинланди.
Бошланган ҳафтада кутилаётган об-ҳаво маълумоти эълон қилинди. Ушбу ҳафтанинг бошида Ўзбекистон ҳудудининг катта қисмида қуруқ об-ҳаво сақланиб туради.
«Bulgartransgaz келишувдаги мажбуриятларини қатъий бажаришни давом этади ва хизмат ҳақи тўланмаса, табиий газ транзитига йўл қўймайди», — дейди мамлакат энергетика вазири Владимир Малинов.
Суриядаги фуқаролар уруши давомида шафқатсизлиги ва мухолифатга қарши кураши билан машҳур бўлган Башар Асаднинг амакиваччаси ва Миллий мудофаа кучларига раҳбарлик қилган Сулаймон Асад мухолифат томонидан осиб ўлдирилди.
«Мигрант Сервис» платформаси директори Андрей Кладов 2025 йилда Россияда қайси соҳаларда мигрантларнинг хизматига талаб энг юқори бўлишини маълум қилди.
Айни вақтда «Абу Валид» лақаби билан интернетга видео тасвирлар жойлаб бораётган Нуриддинов Худоёр Бахтиёр ўғлига нисбатан жиноят иши қўзғатилиб, қидирув эълон қилинган. Бу ҳақда ИИВ хабар берди.