Noqonuniy qurilma majburiy buzdirildi

Noqonuniy qurilma majburiy buzdirildi

Hozirgi vaqtda, fuqarolarga ommaviy axborot vositalari orqali fuqarolarga o‘zboshimchalik bilan noqonuniy qurilmalarni qurishga yo‘l qo‘yilmasligi, uning oqibatlari haqida davlat organlari tomonidan muntazam ravishda ogohlantirilayotgan bo‘lsa-da, ayrim fuqarolar tomonidan mahalliy hokimliklarga tegishli yer maydonlariga noqonuniy qurilmalar qurilayotganligining guvohi bo‘lmoqdamiz.

Xususan, fuqarolik ishlari bo‘yicha Beruniy tumanlararo sudining 2024 yil 1 avgustdagi ijro varaqasi asosida ushbu tumanning “Qangshartol” ovul fuqarolar yig‘ini Ixlos ko‘chasi bo‘yida 400 kv.m yer maydoniga 20x20 o‘lchamda ko‘tarilgan damba javobgar K.A.ning hisobidan majburiy buzdirish va yer maydonini yaroqli holatga keltirish belgilangan. Ushbu ijro varaqa Majburiy ijro byurosi Beruniy tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushib, bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan ijro harakatiga kirishildi.

Jumladan, javobgarga noqonuniy qurilmani o‘z hisobidan buzishi lozimligi, agar buzilmasa unga O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 1981-moddasiga muvofiq bazaviy hisoblash miqdorining 5 (besh) baravari miqdorida jarima solinishi haqida tushuntirish va ogohlantirish berilgan. Shuning natijasida javobgar K.A tomonidan noqonuniy qurilma ixtiyoriy ravishda buzilib, sud qarori ijrosi amalda ta’minlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!