"Treyding" ortida yashiringan kiberjinoyat

"Treyding" ortida yashiringan kiberjinoyat

Jizzax viloyatida yashovchi B.M. ariza bilan murojaat qilib, 5 mln so‘mga yaqin pullari noma’lum shaxs tomonidan firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Namangan viloyatida yashovchi J.SH. sodir etganligi aniqlangan.

Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan J.SH. telegram messenjerida "Farhod_investr_UZB1" kabi bir qancha akkauntlar tashkil qilib, bunga ishongan fuqarolarga pullarini tez fursat ichida ko‘paytirib berishini aytgan va ishonchiga kirib ulardan firibgarlik yo‘li bilan pullar tushirib kelganligi aniqlangan.


———
Mazkur holat yuzasidan J.SH.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi "g" bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilggan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!