XVJ Isroil harbiy amaliyotining Livan iqtisodiyotiga ta’sirini baholadi

XVJ Isroil harbiy amaliyotining Livan iqtisodiyotiga ta’sirini baholadi

Isroil havodan bombardimon qilishi Livanning iqtisodiyoti va ijtimoiy ahvolini yanada yomonlashtirdi, dedi Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) aloqa bo‘yicha direktori Juliye Kozak.

“Livanda shundog‘am qorong‘i bo‘lib turgan istiqbol yanada yomonlashdi... Mojaro so‘nggi payt kuchayishi mamlakatdagi allaqachon zaiflashgan makroiqtisodiy va ijtimoiy vaziyatni yanada chuqurlashtirmoqda", dedi u jurnalistlar uchun uyushtirilgan brifingda.

Ta’kidlanishicha, dastlabki ma’lumotga ko‘ra, 2024 yil birinchi yarmida mamlakat yalpi ichki mahsuloti 25 foiz pasaygan. Falastin – Isroil mojarosi avj olgandan bir yil o‘tib, G‘azo sektori iqtisodiyoti butunlay izdan chiqqan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!