Amnesty International Rossiya hukumatini aybladi

Amnesty International Rossiya hukumatini aybladi

Amnesty International inson huquqlari tashkiloti Rossiya hukumatini Ukrainaning bosib olingan hududlarida ishlaydigan o‘qituvchilarni bolalarga Kreml mafkurasi bilan bog‘liq rus o‘quv dasturini o‘rgatishga majburlash uchun tahdid va shantajdan foydalanganlikda aybladi.

Tashkilot tomonidan e’lon qilingan hisobotda qayd etilishicha, “hukumat ukrainalik o‘qituvchilarga juda qiyin tanlovni qo‘ymoqda: yo jinoiy ta’qib tahdidi ostida qochish yoki o‘z o‘quvchilariga Rossiya davlati mafkurasini singdirishda sherik bo‘lish”.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!