Toshkentda piyodalar o‘tish joyidan kesib o‘tayotgan o‘quvchini urib yubordi. Bola shifoxonada vafot etdi

Toshkentda piyodalar o‘tish joyidan kesib o‘tayotgan o‘quvchini urib yubordi. Bola shifoxonada vafot etdi

Toshkent shahar Yakkasaroy tumani, Glinka ko‘chasida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida maktab o‘quvchisi vafot etdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, yo‘lni piyodalar o‘tish joyidan kesib o‘tayotgan maktab o‘quvchisi katta tezlikda kelayotgan «Jiguli» avtomobilidan qochishga uringan. Biroq mashina o‘quvchini urib yuborgan, zarba kuchidan maktab o‘quvchisi bir necha metrga dumalab ketgan.

Voqea guvohlari zudlik bilan bolani kasalxonaga olib borgan, biroq shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan yordamga qaramasdan, bolaning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan.

Qayd etilishicha, YTH tumandagi 118-maktab oldida yuz bergan. Hodisa joyida tezlik cheklovi soatiga 50 kilometrni tashkil qiladi hamda bu yerda o‘quvchilar yo‘lni kesib o‘tishi va maktab borligini anglatuvchi belgilar o‘rnatilgan.

Ayni paytda haydovchiga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!