Toshkentda “migalka” o‘rnatib olib, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlangan Lacetti haydovchisiga chora ko‘rildi

Toshkentda “migalka” o‘rnatib olib, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlangan Lacetti haydovchisiga chora ko‘rildi

Toshkentda xavfli holat sodir etib, qarama-qarshi harakatlangan Lacetti haydovchisiga qonuniy chora ko‘rildi. Bu haqda poytaxt IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 27 mart kuni Lacetti rusumli avtomashina haydovchisi avtomashina salon qismiga ruxsatnomasiz miltillovchi (“migalka”) chiroq o‘rnatib, o‘zi va o‘zgalarning hayotini xavf ostiga qo‘yib, qarama-qarshi harakatlangani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan.

Mazkur video o‘rganilib, ushbu avtomashina haydovchisi Rahimjon ismli shaxsga nisbatanMa’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-5-(transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish) hamda 135-moddalari (yo‘l harakati qoidalarida nazarda tutilgan hujjatlari bo‘lmagan shaxslarning transport vositalarini boshqarishi) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Bundan oldin Qoraqalpog‘istondagi to‘yda tanasini mashinadan chiqarib tasvirga olgan operatorlar va haydovchi jarimaga tortilgan edi. Shuningdek, Andijonda 20 yoshli qiz mashinadan tanasini chiqarib harakatlangani, Samarqandda harakatlanayotgan Gentra dan tanasini chiqarib, soxta dollar sochgan yigitlarga chora ko‘rilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!