Toshkentda “Lasetti”ning daraxtga urilishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

Toshkentda “Lasetti”ning daraxtga urilishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida mudhish yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2018 yil 11 oktyabr kuni Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida yashagan M.SH. boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtomashinasini Furqat ko‘chasida joylashgan “Xalqlar Do‘stligi” san’at saroyi oldida haydab ketayotib boshqaruvni eplay olmay yo‘l chetidagi daraxtga urilgan.

Natijada avtomashina haydovchisi M.SH. va uning yo‘lovchisi N.M. jarohat olib voqea joyida vafot etganlar. 

Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!