Toshkentda katta yoshli daraxtlarga hech qanday shikast yetkazilmagan

Toshkentda katta yoshli daraxtlarga hech qanday shikast yetkazilmagan

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani Markaz-1 mavzesi, “Yahyo G‘ulomov” ko‘chasida soyabon daraxtlarga shikast yetkazayotgani haqida xabar qilindi.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘limi inspektorlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishlar davomida noqonuniy holat aniqlanmadi hamda daraxtlarga hech qanday shikast yetkazilmagani aniqlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!