Toshkentda 6 kunda necha marta yo‘l qoidasi buzilganini bilasizmi?

Toshkentda 6 kunda necha marta yo‘l qoidasi buzilganini bilasizmi?

O‘tgan hafta davomida Toshkent yo‘llarida Yo‘l harakati qoidalari 15 363 marta buzilganligi IIBB YHXB YPX inspektorlari tomonidan qayd etildi, shulardan 2 799 tasida qoidalar qo‘pol tarzda buzilgan. Quyidagi jadvalda umumiy statistikaning ba’zi raqamlari bilan tanishish mumkin.

Transport vositasini spirtli ichimlik ta’siri ostida boshqarish haydovchi tomonidan yo‘l qo‘yilgan eng xavfli xato hisoblanadi. 2019-yilning 6-may kunidan 12-maygacha bu kabi qoidabuzarliklar 27 marta qayd etildi. Bu safar O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 131-moddasi bo‘yicha ro‘yxatga tushganlar qatorida quyidagi shaxslar joy oldi: 43 yoshli Nodir B. ( Xunday , davlat raqami 01 701 YEVA), 41 yoshli Erkin A. ( Changan , davlat raqami 01 S 791 TA), 43 yoshli Mixail N. ( IJ-2125 , davlat raqami 01 O 023 NA), 38 yoshli xorazmlik Satimboy SH. ( Neksiya , davlat raqami 90 O 362 LA), 36 yoshli samarqandlik Sobirjon T. ( Neksiya , davlat raqami 95 W 016 FA), 36 yoshli andijonlik Azizbek N. ( Neksiya , davlat raqami 60 124 ZAA) 39 yoshli Toshkent viloyatilik Rovshan K. ( GAZ-31105 , davlat raqami 10 A 077 FA), 30 yoshli Toshkent viloyatilik Yevgeniy M. ( Matiz , davlat raqami 01 F 869 ZA), 58 yoshli Farid YA. ( Lasetti , davlat raqami 01 S 961 JA), 32 yoshli Shaxbozmirza M. ( Neksiya , davlat raqami gosnomer 01 N 828 CB), 27 yoshli Avazbek V. ( Matiz , davlat raqami 01 U 616 VA), 24 yoshli Baxtiyor M. ( Matiz , davlat raqami 01 W 542 BA), 19 yoshli Kirill T. ( VAZ-2198 , davlat raqami 01 YE 248 MA), 48 yoshli Aleksandr A. ( VAZ-2109 , davlat raqami 01 YE 240 AV), 53 yoshli Yaroslav G. ( GAZ-24 , davlat raqami 01 M 826 YEA), 44 yoshli Sergey G. ( VAZ-2106 , davlat raqami 01 V 462 YEA). Ushbu satrlarni o‘qib turgan barchadan spirtli ichimlik ta’siri ostida avtomobilga yaqinlashmasliklarini va buni yaqinlariga ham yo‘l qo‘ymasliklarini so‘rab qolamiz. Agarda bayram tadbiridan so‘ng mast holatda avtomobil sari harakatlanayotgan o‘rtog‘ingizni ko‘rsangiz, kech bo‘lmasidan avval uni darhol to‘xtating.

Svetoforning taqiqlovchi belgisini mensimaslik bilan bog‘liq qoidabuzarlik Toshkent shahar YHXB inspektorlari tomonidan 150 marta qayd etildi. Eslatib o‘tamiz, mumkin bo‘lmagan vaqtda chorrahani kesib o‘tish nafaqat yuqoridagi kodeksning 128-4-moddasi bo‘yicha bayonnoma tuzilishiga sabab bo‘lishi, balki jiddiy YTH tug‘dirishi mumkin.

Transport vositasini boshqarish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarning yo‘qligi qayd etilgan muddat davomida 286 marta O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 135-moddasi bo‘yicha bayonnoma tuzilishiga sabab bo‘ldi. Bu masalaga jiddiy yondashishni so‘raymiz, kalitni o‘toldirgichga joylashdan oldin barcha zarur hujjatlar yoningizdaligini va ularning muddati o‘tib ketmaganligini tekshirib ko‘ring. Texnik ko‘rikdan o‘z vaqtida o‘tish va sug‘urta polisini yangilash yo‘lda ortiqcha bosh og‘rig‘isiz harakatlanishga yordam bo‘ladi.

Shu sababga ko‘ra yangi xarid qilingan avtomobilni YHXBda o‘z vaqtida ro‘yxatdan o‘tkazish darkor: 6-may kunidan 12-maygacha haydovchilar tomonidan bu kamchilikka yo‘l qo‘yilganiga 128 marta guvoh bo‘lindi. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 125-moddasi(3-q.)ga muvofiq, haydovchilarning belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilmagan transport vositalarini boshqarishlari jarima solinishiga hamda avtomobilni jarima maydonchasiga tushishiga sabab bo‘ladi. Shu bilan bir qatorda transport vositalarini ushbu transportga tegishli bo‘lmagan qalbaki yoki boshqa uslub bilan o‘zgartirilgan davlat raqamlar bilan boshqarish, Kodeksning yuqoridagi moddasiga ko‘ra eng kam ish haqining o‘n baravari miqdorida jarima solinishiga sabab bo‘ladi, ammo YHXB xodimlari tomonidan olib borilgan ishlar natijasida bu kabi holatlar hafta davomida ikki marta uchradi xolos.

Yo‘ldagi jiddiy muammolardan biri avtomobil boshqarish vaqtida e’tibori smartfonlarda bo‘lgan haydovchilardir. Avtomobil boshqaruvi vaqtida telefon orqali so‘zlashish hafta davomida 141 marta qayd etilgan bo‘lsa, videomonitordan foydalanish 5 marta qayd etildi.

Transport vositasini piyodalar yo‘lakchalari bo‘ylab boshqarish qoidabuzarligi hafta davomida 179 marta qayd etildi. Ushbu qoidabuzarlik uchun O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-moddasiga muvofiq solinadigan jarima miqdori EKIHning dan 4 baravarigacha bo‘lgan miqdorni tashkil etadi. Agar ushbu qoidabuzarlik bir yil davomida to‘rt marta sodir etilsa, surunkali qoidabuzar haydovchilik guvohnomasidan olti oy muddatga mahrum bo‘ladi.

Piyodalar tomonidan yo‘l harakati qoidalari buzilishi hanuz uchrab turmoqda: o‘tgan hafta davomida bunday holatlar 1 241 marta qayd etildi. Bir jihatdan barchamiz piyoda hisoblanamiz, hattoki mashinasini avtoturargohda qoldirgan haydovchilar ham. Barchani piyodalar uchun qoidalar bilan tanishib chiqishga va yaqinlarga (ayniqsa farzandlarga) yetkazishga chaqiramiz. Bu ma’lumotlar hayot va sog‘liqni asrashga yordam beradi.

Yo‘l harakati qoidalari buzilishi turli xil yo‘l-transport hodisalariga sabab bo‘lishi mumkinligi hech kimga sir emas. Transport vositalarining yoki boshqa mol-mulkning shikastlanishiga olib kelgan yo‘l-transport hodisalari YPX inspektorlari tomonidan hafta davomida 531 marta qayd etildi. Kichik to‘qnashuvlarning aybdorlarini O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 134-moddasiga muvofiq eng kam ish haqining 2 baravaridan to‘rt baravarigacha jarima yoki transport vositasini boshqarish huquqidan olti oydan bir yilgacha bo‘lgan muddatga mahrum bo‘lish kutmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!