Toshkentda 5 mingdan ortiq xonadon gaz ta’minotisiz qoldi, bunga YTH sabab bo‘ldi

Toshkentda 5 mingdan ortiq xonadon gaz ta’minotisiz qoldi, bunga YTH sabab bo‘ldi

Toshkent shahri Yashnobod tumanida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida minglab xonadonlar gaz ta’minotisiz qoldi. Bu haqda “Hududgaz poytaxt” xabar berdi.

Qayd etilishicha, 11 iyul kuni soat 02:15 da ro‘y bergan YTH oqibatida Yashnobod tumani “Go‘zal” MFYdagi o‘rta bosimli gaz quvuriga shikast yetgan. Natijada Yashnobod tumanidagi quyidagi hududlarda gaz ta’minoti avariya bartaraf etilgunga qadar vaqtincha to‘xtatilgan:

  • “Go‘zal” MFYdagi 70 ta yerli xonadon;
  • “Olmos” MFY 58 ta ko‘p qavatli uylardagi 2436 ta xonadon;
  • “Qalqon” MFY 40 ta ko‘p qavatli uylardagi 3200 ta xonadon.
  • ulgurji iste’molchilar soni — 10 ta.

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Shuningdek, ta’mirlash ishlari tufayli Yakkasaroy, Sergeli va Olmazor tumanlarining qator hududlariga 11 iyul kuni soat 10:00 dan 17:00 gacha tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi.

Yakkasaroy tumani

  • aholi iste’molchilari soni — “Belariq” MFY At-Termiziy, 1-tor J.Shoshiy, B.Boboyev, A.Avloniy va N.Umurzoqov ko‘chalaridagi 112 ta yerli xonadon.

Sergeli tumani

  • aholi iste’molchilari soni — “So‘g‘diyona” MFY So‘g‘diyona ko‘chasidagi 128 ta xonadon, “Qo‘shqo‘rg‘on” MFY Tolariq va Quyitolariq ko‘chalaridagi 232 ta xonadon;
  • ulgurji iste’molchilar soni — 4 ta.

Olmazor tumani

  • aholi iste’molchilari soni — “Sebzor” 17/18 dahasidagi 394 ta xonadon, to‘rtta ko‘p qavatli uylardagi 3546 ta xonadon;
  • ulgurji iste’molchilar soni — 5 ta.

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!