Toshkent va Maskat shaharlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin

Toshkent va Maskat shaharlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin

O‘zbekiston elchisi Abdusalom Xatamov Maskat muhofazi (viloyati) gubernatori Saud bin Hilol al-Busaydi bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va O‘mon o‘rtasida hududlararo hamkorlik aloqalarini o‘rnatish masalalari muhokama qilindi.

Gubernatorning aytishicha, o‘monliklar O‘zbekistonning mashhur va qadimiy shaharlari haqida tarixiy kitoblarda o‘qigan. "Ikki davlat xalqlarini o‘zaro bog‘lab turuvchi ko‘plab qadriyatlar mavjud. Shuningdek, ikki qadimiy va navqiron Toshkent hamda Maskat shaharlari o‘rtasida manfaatli hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, o‘zaro tajriba almashish davlatlararo munosabatlar rivojiga hissa qo‘shadi", dedi u.

Tomonlar ikki davlat poytaxtlarini bog‘lovchi havo qatnovlarini yo‘lga qo‘yish nafaqat shaharlararo, balki ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni tubdan o‘zgartirishga xizmat qilishini qayd etdilar.

Uchrashuv yakunida hamkorlikning aniq yo‘nalishlarini belgilab olish maqsadida Toshkent va Maskat shaharlari mutasaddilarining o‘zaro tashriflarini uyushtirish to‘g‘risida kelishib olindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!