Toshkent ko‘chalarida qarama-qarshi harakatlanib, xavfli manyovrlarni amalga oshirgan avtobus haydovchisi ishdan bo‘shatildi

Toshkent ko‘chalarida qarama-qarshi harakatlanib, xavfli manyovrlarni amalga oshirgan avtobus haydovchisi ishdan bo‘shatildi

Ijtimoiy tarmoqlarda King Long avtobusning yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzib, xavfli holatni keltirib chiqarganligi aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan “Toshshahartransxizmat” AJ axborot xizmati munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, o‘z xizmat vazifasini suiiste’mol qilib qo‘pol qoidabuzarlik sodir etgan, shahar ko‘chalarida qarama-qarshi harakatlanib, xavfli manyovrlarni amalga oshirgan hamda avariya holatini keltirib chiqargan haydovchi ishdan bo‘shatildi.

Xabarga ko‘ra, qo‘pol qoidabuzarlik sodir etgani uchun mehnat shartnomasi bekor qilingan haydovchilarning “qora ro‘yxat”i joriy etilgan. Ushbu ro‘yxatdagi haydovchilar avtobus saroyi filiallariga qayta ishga olinmaydi.

Shu kunga qadar ushbu ro‘yxatga kiritilgan haydovchilar soni 197 nafarni tashkil etmoqda. Yuqoridagi qoidabuzarlik sababli ishdan bo‘shatilgan 58-sonli avtobus haydovchisi F.S. ham ushbu qora ro‘yxatga kiritilganligini ma’lum qilamiz, deyiladi xabarda.

Qo‘shimcha qilinishicha, qoidabuzarlik chog‘ida nafaqat o‘zining, balki boshqa yo‘l harakati ishtirokchilarining ham hayotini xavf ostiga qo‘yganligi sababli haydovchi F.S.ni haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilish yuzasidan Jinoyat ishlari sudiga maxsus taqdimnoma kiritildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!