Toliblar erkaklarga soqol olishni taqiqladi

Toliblar erkaklarga soqol olishni taqiqladi

"Tolibon" Afg‘oniston janubidagi Hilmand viloyatida erkalarga soqol oldirish va sochlarini zamonaviy kaltartirishga taqiq qo‘ydi, deya xabar bermoqda RIA Novosti "Tolibon" ma’lumotlariga tayangan holda.
Ma’lum qilinishicha, muvaqqat hukumatning mutasaddi vazirligi erkaklarga sochlarini zamonaviy kaltartirmaslik va soqol oldirmaslikni tavsiya qilgan.
Ular bu haqda Hilmand viloyatining markazi hisoblangan Lashkargohdagi erkaklar sartaroshxonalari vakillari bilan uchrashuvda ma’lum qilishgan.

Bir paytning o‘zida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan tegishli Farmoyishda sartaroshxonalarda musiqa va madhiyani qo‘ymaslikka da’vat qilingan.
Bundan sal avvalroq Afg‘oniston OAVlari "Tolibon" Afg‘onistondagi Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha vazirlikni tugatib, o‘rniga diniy tartib-qoidaga rioya etilishini nazorat qiluvchi vazirlikni tashkil etgani to‘g‘risida xabar tarqatgan edilar.
Aytilishicha, “Tolibon” vazirlikning eski nomini yangisiga almashtirishga ham ulgurgan.
Avgust oyi boshida AQSh o‘z qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqishi bilan "Tolibon" hukumat kuchlariga hujumni faollashtirdi va 15 avgustda Qobulga kirib bordi. 31 avgustga o‘tar kechasi Qo‘shma Shtatlar o‘zining barcha harbiylarini Islom Respublikasidan olib chiqib ketdi va bu bilan AQShning mamlakatdagi missiyasi rasman yakunlandi. Shundan so‘ng, sentyabr oyining boshida “Tolibon” muvaqqat hukumat tarkibini e’lon qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!